Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 – 2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi boʼyicha 2022 yil 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
M A ʼ L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 – 2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʼnalish boʼyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan muhim maqsad hamda vazifalar belgilangan.
Jumladan, Davlat dasturida Аgentlikka jami 7 ta bandda, 9 ta vazifani ijro etish vazifasi qoʼyilgan.
Xususan, Аgentlikka:
▪️ davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʼnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish bilan bogʼliq 2 ta;
▪️ Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilishga oid 2 ta;
▪️ Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish boʼyicha 1 ta;
▪️ Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korruptsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir 4 ta vazifa yuklatilgan.
Shundan 6 tasida Аgentlik asosiy ijrochi va 3 tasida hamijrochi hisoblanadi.
Shunga asosan, Аgentlik tomonidan Davlat dasturidagi ushbu bandlarning ijrosini oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʼrilmoqda. Jumladan:
I.Davlat dasturining 5-maqsad, 17-bandi, 6-kichik bandida Аgentlikka muhim ijtimoiy-masalalar boʼyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʼsiqlarsiz foydalanishni taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʼlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar Roʼyxati 2 taga kengaytirildi. Jumladan,
1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʼsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʼgʼrisida”gi PF-101-son Farmoniga asosan:
Ochiq eʼlon qilinishi lozim boʼlgan maʼlumotlar roʼyxati 1 taga kengaytirilib ular soni 34 taga yetkazildi (avval 33 ta edi), xususan Davlat organlari va tashkilotlari oʼzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funktsiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni ham ochiq eʼlon qilishlari lozimligi boʼyicha majburiyat belgilandi.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Davlat byudjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʼyicha ularning asosiy texnik koʼrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinishi lozim boʼlgan maʼlumotlar roʼyxatiga kiritilib, Roʼyxatdagi maʼlumotlar soni 35 taga yetkazildi.
II.Davlat dasturining 83-maqsad, 301-bandida Аgentlikka Davlat xizmatida manfaatlar toʼqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Аgentlik tomonidan barcha vazirlik, idoralarda manfaatlar toʼqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ushbu chora-tadbirlarda quyidagilar nazarda tutilgan:
– manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asosini ishlab chiqish;
– manfaatlar toʼqnashuvi haqida xabar berish tartibini yoʼlga qoʼyish;
– manfaatlar toʼqnashuvi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish mexanizmlarini yaratish;
– manfaatlar toʼqnashuvi xolati yuzasidan qaror qabul qilish jarayonlaridagi xolislikni taʼminlash;
– manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
– manfaatlar toʼqnashuvini tartibga solish yoʼnalishida davlat xizmatchilarining bilim va koʼnikmalarini oshirib borish;
– manfaatlar toʼqnashuvi holatlari haqidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilik ishtirokida koʼrib chiqilishi hamda ularning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash boʼyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
III.Davlat dasturining 84-maqsad, 302-bandida Аgentlikka «E-antikorrupsiya» loyihasini amalga oshirish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 mayda “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, bunda jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish toʼgʼrisida”gi PQ-240-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
2022 yil 1 sentabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi «E-Аntikorrupsiya» loyihasi (keyingi oʼrinlarda — Loyiha) ishga tushirish belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʼlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʼrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʼyicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʼrish maqsadida «Korrupsiyaga moyil boʼlgan munosabatlar elektron reestri»ni (keyingi oʼrinlarda — Reestr) shakllantirish va yuritish.
«Korrupsiyaga moyil boʼlgan munosabatlar elektron reestri» Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi va Internet tarmogʼida ochiq eʼlon qilib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʼljallangan yagona interaktiv maydoncha — «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi» loyihasini ishga tushirish belgilandi.
Bundan tashqari, Korrupsiyaga moyil boʼlgan munosabatlarni bartaraf etish boʼyicha 13 ta banddan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
IV.Davlat dasturining 84-maqsad 303-bandida Аgentlikka Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, bunga keng jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Аgentlik tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularning faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlash, shuningdek, bunga keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi “Yoʼl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Yoʼl xaritasida quyidagilar nazarda tutilgan:
– ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash;
– faoliyat ochiqligi toʼgʼrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash;
– rasmiy veb-saytda ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʼlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilishni tizimlashtirish;
–Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish kabi qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Bugungi kunda “Yoʼl xaritasi” ijroga qaratilgan, Аgentlik uning samaradorligi ustidan doimiy nazorat oʼrnatgan.
Bundan tashqari, mazkur band ijrosini toʼliq tashkil etish maqsadida, Аgentlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun korrupsiyaga moyil sohalarda tadqiqotlar va ijtimoiy soʼrov oʼtkazishni nazarda tutuvchi grant tanlovlarini oʼtkazish rejalashtirilmoqda.
Tanlov gʼolibi tadqiqot natijasiga koʼra korrupsiyaga moyil sohalar yoki vazirlik va idoralar faoliyatini yanada ochiqligini taʼminlash boʼyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak boʼladi.
V.Davlat dasturining 84-maqsad, 304-bandida Аgentlikka Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yoʼnalishida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Аgentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Mazkur chora-tadbirlarda quyidagilar nazarda tutilgan:
– Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish;
– Davlat xizmatchilari tomonidan daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash;
– Davlat boshqaruvi organlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki (komplaens) nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
– Davlat boshqaruvi organlarida manfaatlar toʼqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish;
– Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va xavf-xatarlarni minimallashtirish;
– Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʼrsatkichlarini belgilash va baholash;
– Davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy ahloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
– Davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilish;
- Аholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yoʼnalishida
chora-tadbirlar belgilangan.
VI.Davlat dasturining 84-maqsad, 305-bandida, Аgentlikka aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish maqsadida, «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya»ni joriy etish va Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifa belgilangan.
Аgentlik tomonidan “Korrupsiyaga qarshi Virtual Аkademiyasini tashkil etish toʼgʼrisida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Аdliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʼtkazildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– oʼqishlarni onlayn tarzda masofadan turib maxsus elektron oʼquv platforma orqali amalga oshirilishi;
– har bir tinglovchi kurslarning boshi va oxirida (kirish va yakuniy) onlayn test topshirishi, shuningdek, kurs yakuni boʼyicha ijobiy ball toʼplagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etilishi;
– jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantiruvchi oʼquv metodik qoʼllanmalar yaratilishi;
–darslar tinglovchilarining toifasini hisobga olgan holda bazaviy, maxsus chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va maxsus soddalashtirilgan shakllarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi boʻyicha 2022-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
M A ʼ L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim maqsad hamda vazifalar belgilangan.
Jumladan, Davlat dasturida Agentlikka jami 7 ta bandda, 9 ta vazifani ijro etish vazifasi qoʻyilgan.
Xususan, Agentlikka:
Shundan 6 tasida Agentlik asosiy ijrochi va 3 tasida hamijrochi hisoblanadi.
Shunga asosan, Agentlik tomonidan Davlat dasturidagi ushbu bandlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan:
I.Davlat dasturining 5-maqsad, 17-bandi, 6-kichik bandida Agentlikka muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar Roʻyxati 2 taga kengaytirildi. Jumladan,
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoniga asosan:
Ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati 1 taga kengaytirilib ular soni 34 taga yetkazildi (avval 33 ta edi), xususan Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham ochiq eʼlon qilishlari lozimligi boʻyicha majburiyat belgilandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Davlat byudjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning asosiy texnik koʻrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilib, Roʻyxatdagi maʼlumotlar soni 35 taga yetkazildi.
II.Davlat dasturining 83-maqsad, 301-bandida Agentlikka Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan barcha vazirlik, idoralarda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ushbu chora-tadbirlarda quyidagilar nazarda tutilgan:
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asosini ishlab chiqish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish tartibini yoʻlga qoʻyish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish mexanizmlarini yaratish;
– manfaatlar toʻqnashuvi xolati yuzasidan qaror qabul qilish jarayonlaridagi xolislikni taʼminlash;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yoʻnalishida davlat xizmatchilarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish;
– manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilik ishtirokida koʻrib chiqilishi hamda ularning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
III.Davlat dasturining 84-maqsad, 302-bandida Agentlikka “Ye-antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-mayda “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, bunda jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-240-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ye-Antikorrupsiya” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) ishga tushirish belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʻyicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʻrish maqsadida “Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri”ni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish.
“Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri” Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi va Internet tarmogʻida ochiq eʼlon qilib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha — “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini ishga tushirish belgilandi.
Bundan tashqari, Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha 13 ta banddan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
IV.Davlat dasturining 84-maqsad 303-bandida Agentlikka Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, bunga keng jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularning faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlash, shuningdek bunga keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Yoʻl xaritasida quyidagilar nazarda tutilgan:
– ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash;
– faoliyat ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash;
– rasmiy veb-saytda ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilishni tizimlashtirish;
–Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish kabi qator
chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Bugungi kunda “Yoʻl xaritasi” ijroga qaratilgan, Agentlik uning samaradorligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatgan.
Bundan tashqari, mazkur band ijrosini toʻliq tashkil etish maqsadida, Agentlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun korrupsiyaga moyil sohalarda tadqiqotlar va ijtimoiy soʻrov oʻtkazishni nazarda tutuvchi grant tanlovlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Tanlov gʻolibi tadqiqot natijasiga koʻra korrupsiyaga moyil sohalar yoki vazirlik va idoralar faoliyatini yanada ochiqligini taʼminlash boʻyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak boʻladi.
V.Davlat dasturining 84-maqsad, 304-bandida Agentlikka Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yoʻnalishida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Mazkur chora-tadbirlarda quyidagilar nazarda tutilgan:
– Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish;
– Davlat xizmatchilari tomonidan daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash;
– Davlat boshqaruvi organlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki (komplayens) nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
– Davlat boshqaruvi organlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish;
– Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va xavf-xatarlarni minimallashtirish;
– Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va baholash;
– Davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy ahloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
– Davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilish;
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yoʻnalishida
chora-tadbirlar belgilangan.
VI.Davlat dasturining 84-maqsad, 305-bandida, Agentlikka aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish maqsadida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”ni joriy etish va Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifa belgilangan.
Agentlik tomonidan “Korrupsiyaga qarshi Virtual Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– oʻqishlarni onlayn tarzda masofadan turib maxsus elektron oʻquv platforma orqali amalga oshirilishi;
– har bir tinglovchi kurslarning boshi va oxirida (kirish va yakuniy) onlayn test topshirishi, shuningdek, kurs yakuni boʻyicha ijobiy ball toʻplagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etilishi;
– jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantiruvchi oʻquv metodik qoʻllanmalar yaratilishi;
– darslar tinglovchilarining toifasini hisobga olgan holda bazaviy, maxsus chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va maxsus soddalashtirilgan shakllarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi boʻyicha 2022-yil 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
M A ʼ L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim maqsad hamda vazifalar belgilangan.
Jumladan, Davlat dasturida Agentlikka jami 7 ta bandda, 9 ta vazifani ijro etish vazifasi qoʻyilgan.
Xususan, Agentlikka:
Shundan 6 tasida Agentlik asosiy ijrochi va 3 tasida hamijrochi hisoblanadi.
Shunga asosan, Agentlik tomonidan Davlat dasturidagi ushbu bandlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan:
I.Davlat dasturining 5-maqsad, 17-bandi, 6-kichik bandida Agentlikka muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Mazkur band ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar Roʻyxati 2 taga kengaytirildi. Jumladan,
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoniga asosan:
Ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati 1 taga kengaytirilib ular soni 34 taga yetkazildi (avval 33 ta edi), xususan Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ham ochiq eʼlon qilishlari lozimligi boʻyicha majburiyat belgilandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Davlat byudjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning asosiy texnik koʻrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilib, Roʻyxatdagi maʼlumotlar soni 35 taga yetkazildi.
II.Davlat dasturining 83-maqsad, 301-bandida Agentlikka Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan barcha vazirlik, idoralarda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ushbu chora-tadbirlarda quyidagilar nazarda tutilgan:
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asosini ishlab chiqish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish tartibini yoʻlga qoʻyish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish mexanizmlarini yaratish;
– manfaatlar toʻqnashuvi xolati yuzasidan qaror qabul qilish jarayonlaridagi xolislikni taʼminlash;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yoʻnalishida davlat xizmatchilarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish;
– manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilik ishtirokida koʻrib chiqilishi hamda ularning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
III.Davlat dasturining 84-maqsad, 302-bandida Agentlikka “E-antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-mayda “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, bunda jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-240-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Antikorrupsiya” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) ishga tushirish belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʻyicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʻrish maqsadida “Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri”ni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish.
“Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri” Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi va Internet tarmogʻida ochiq eʼlon qilib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha — “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini ishga tushirish belgilandi.
Bundan tashqari, Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha 13 ta banddan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
IV.Davlat dasturining 84-maqsad 303-bandida Agentlikka Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, bunga keng jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularning faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini taʼminlash, shuningdek bunga keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Yoʻl xaritasida quyidagilar nazarda tutilgan:
– ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash;
– faoliyat ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash;
– rasmiy veb-saytda ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilishni tizimlashtirish;
–Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish kabi qator
chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Bugungi kunda “Yoʻl xaritasi” ijroga qaratilgan, Agentlik uning samaradorligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatgan.
Bundan tashqari, mazkur band ijrosini toʻliq tashkil etish maqsadida, Agentlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun korrupsiyaga moyil sohalarda tadqiqotlar va ijtimoiy soʻrov oʻtkazishni nazarda tutuvchi grant tanlovlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Tanlov gʻolibi tadqiqot natijasiga koʻra korrupsiyaga moyil sohalar yoki vazirlik va idoralar faoliyatini yanada ochiqligini taʼminlash boʻyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak boʻladi.
V.Davlat dasturining 84-maqsad, 304-bandida Agentlikka Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yoʻnalishida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Mazkur chora-tadbirlarda quyidagilar nazarda tutilgan:
– Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirish;
– Davlat xizmatchilari tomonidan daromadlari va mol-mulkini majburiy deklarasiyalash;
– Davlat boshqaruvi organlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki (komplayens) nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
– Davlat boshqaruvi organlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish;
– Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va xavf-xatarlarni minimallashtirish;
– Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va baholash;
– Davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy ahloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
– Davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilish;
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yoʻnalishida
chora-tadbirlar belgilangan.
VI.Davlat dasturining 84-maqsad, 305-bandida, Agentlikka aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish maqsadida, “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”ni joriy etish va Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifa belgilangan.
Agentlik tomonidan “Korrupsiyaga qarshi Virtual Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– oʻqishlarni onlayn tarzda masofadan turib maxsus elektron oʻquv platforma orqali amalga oshirilishi;
– har bir tinglovchi kurslarning boshi va oxirida (kirish va yakuniy) onlayn test topshirishi, shuningdek, kurs yakuni boʻyicha ijobiy ball toʻplagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etilishi;
– jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantiruvchi oʻquv metodik qoʻllanmalar yaratilishi;
–darslar tinglovchilarining toifasini hisobga olgan holda bazaviy, maxsus chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va maxsus soddalashtirilgan shakllarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi boʻyicha 2022-yil 7 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
M A’L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim maqsad hamda vazifalar belgilangan.
Jumladan, Davlat dasturida Agentlikka jami 7 ta bandda, 9 ta vazifani ijro etish vazifasi qoʻyilgan.
Xususan, Agentlikka:
davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish bilan bogʻliq 2 ta;
Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilishga oid 2 ta;
Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish boʻyicha 1 ta;
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir 4 ta vazifa yuklatilgan.
Shundan 6 tasida Agentlik asosiy ijrochi va 3 tasida hamijrochi hisoblanadi.
Shunga asosan, Agentlik tomonidan Davlat dasturidagi ushbu bandlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan:
I.Davlat dasturining 5-maqsad, 17-bandi, 6-kichik bandida Agentlikka muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq ma’lumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur ma’lumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni ta’minlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar Roʻyxati 2 taga kengaytirildi. Jumladan,
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoniga asosan:
Ochiq e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxati 1 taga kengaytirilib ular soni 34 taga yetkazildi (avval 33 ta edi), xususan Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham ochiq e’lon qilishlari lozimligi boʻyicha majburiyat belgilandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan, istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning asosiy texnik koʻrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxatiga kiritilib, Roʻyxatdagi ma’lumotlar soni 35 taga yetkazildi.
II.Davlat dasturining 83-maqsad, 301-bandida Agentlikka Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan barcha vazirlik, idoralarda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asosini ishlab chiqish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish tartibini yoʻlga qoʻyish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish mexanizmlarini yaratish;
– manfaatlar toʻqnashuvi xolati yuzasidan qaror qabul qilish jarayonlaridagi xolislikni ta’minlash;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yoʻnalishida davlat xizmatchilarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish;
– manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilik ishtirokida koʻrib chiqilishi hamda ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar rejasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolari bilan kelishilib, Milliy kengashning navbatdagi yigʻilishida tasdiqlash uchun Milliy kengashga yuborildi.
III.Davlat dasturining 84-maqsad, 302-bandida Agentlikka «Е-antikorrupsiya» loyihasini amalga oshirish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-mayda “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, bunda jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-240-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
2022-yil 1-sentabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi «Е-Antikorrupsiya» loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) ishga tushirish belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʻyicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʻrish maqsadida «Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri»ni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish.
«Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri» Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi va Internet tarmogʻida ochiq e’lon qilib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha — «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi» loyihasini ishga tushirish belgilandi.
Bundan tashqari, Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha 13 ta banddan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
IV.Davlat dasturining 84-maqsad 303-bandida Agentlikka Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, bunga keng jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularning faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash, shuningdek bunga keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Yoʻl xaritasida quyidagilar nazarda tutilgan:
– ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligini ta’minlash;
– faoliyat ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash;
– rasmiy veb-saytda ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilishni tizimlashtirish;
– Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish kabi qator
chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Bugungi kunda “Yoʻl xaritasi” ijroga qaratilgan, Agentlik uning samaradorligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatgan.
Bundan tashqari, mazkur band ijrosini toʻliq tashkil etish maqsadida, Agentlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun korrupsiyaga moyil sohalarda tadqiqotlar va ijtimoiy soʻrov oʻtkazishni nazarda tutuvchi grant tanlovlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Tanlov gʻolibi tadqiqot natijasiga koʻra korrupsiyaga moyil sohalar yoki vazirlik va idoralar faoliyatini yanada ochiqligini ta’minlash boʻyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak boʻladi.
V.Davlat dasturining 84-maqsad, 304-bandida Agentlikka Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yoʻnalishida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– davlat boshqaruvi organlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki (komplayens) nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
– davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va xavf-xatarlarni minimallashtirish;
– korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va baholash;
– davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
– davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilish;
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yoʻnalishida chora-tadbirlar belgilangan.
Hozirda mazkur chora-tadbirlar Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
VI..Davlat dasturining 84-maqsad, 305-bandida, Agentlikka aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish maqsadida, «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya»ni joriy etish va Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifa belgilangan.
Agentlik tomonidan “Korrupsiyaga qarshi Virtual Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– oʻqishlarni onlayn tarzda masofadan turib maxsus elektron oʻquv platforma orqali amalga oshirilishi;
– har bir tinglovchi kurslarning boshi va oxirida (kirish va yakuniy) onlayn test topshirishi, shuningdek, kurs yakuni boʻyicha ijobiy ball toʻplagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etilishi;
– jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantiruvchi oʻquv metodik qoʻllanmalar yaratilishi;
– darslar tinglovchilarining toifasini hisobga olgan holda bazaviy, maxsus chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va maxsus soddalashtirilgan shakllarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi boʻyicha 2022-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
M A’L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 – 2026-yillarga moʻljallanganYangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim maqsad hamda vazifalar belgilangan.
Jumladan, Davlat dasturida Agentlikka jami 7 ta bandda, 9 ta vazifani ijro etish vazifasi qoʻyilgan.
Xususan, Agentlikka:
davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish bilan bogʻliq 2 ta;
Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilishga oid 2 ta;
Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish boʻyicha 1 ta;
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir 4 ta vazifa yuklatilgan.
Shundan 6 tasida Agentlik asosiy ijrochi va 3 tasida hamijrochi hisoblanadi.
Shunga asosan, Agentlik tomonidan Davlat dasturidagi ushbu bandlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan:
I.Davlat dasturining 5-maqsad, 17-bandi, 6-kichik bandida Agentlikka muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq ma’lumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur ma’lumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni ta’minlash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar Roʻyxati 2 taga kengaytirildi. Jumladan,
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoniga asosan:
Ochiq e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxati 1 taga kengaytirilib ular soni 34 taga yetkazildi (avval 33 ta edi), xususan Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni ham ochiq e’lon qilishlari lozimligi boʻyicha majburiyat belgilandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha ularning asosiy texnik koʻrsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxatiga kiritilib, Roʻyxatdagi ma’lumotlar soni 35 taga yetkazildi.
II.Davlat dasturining 83-maqsad, 301-bandida Agentlikka Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan barcha vazirlik, idoralarda manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishning tashkiliy-huquqiy asosini ishlab chiqish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish tartibini yoʻlga qoʻyish;
– manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish mexanizmlarini yaratish;
– manfaatlar toʻqnashuvi xolati yuzasidan qaror qabul qilish jarayonlaridagi xolislikni ta’minlash;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
– manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish yoʻnalishida davlat xizmatchilarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish;
– manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqidagi ma’lumotlarni keng jamoatchilik ishtirokida koʻrib chiqilishi hamda ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar rejasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi a’zolari bilan kelishilib, Milliy kengashning navbatdagi yigʻilishida tasdiqlash uchun Milliy kengashga yuborildi.
III.Davlat dasturining 84-maqsad, 302-bandida Agentlikka «Е-antikorrupsiya» loyihasini amalga oshirish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-mayda “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, bunda jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-240-son qarori qabul qilindi. Qarorga asosan:
2022-yil 1-sentabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi «Ye-Antikorrupsiya» loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) ishga tushirish belgilandi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʻyicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʻrish maqsadida «Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri»ni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish.
«Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri» Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yuritiladi va Internet tarmogʻida ochiq e’lon qilib boriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha — «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi» loyihasini ishga tushirish belgilandi.
Bundan tashqari, Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha 13 ta banddan iborat kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
IV.Davlat dasturining 84-maqsad 303-bandida Agentlikka Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, bunga keng jamoatchilikni jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularning faoliyatining ochiqligi hamda shaffofligini ta’minlash, shuningdek bunga keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Yoʻl xaritasida quyidagilar nazarda tutilgan:
– ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligini ta’minlash;
– faoliyat ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash;
– rasmiy veb-saytda ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilishni tizimlashtirish;
–Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish kabi qator
chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
Bugungi kunda “Yoʻl xaritasi” ijroga qaratilgan, Agentlik uning samaradorligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatgan.
Bundan tashqari, mazkur band ijrosini toʻliq tashkil etish maqsadida, Agentlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun korrupsiyaga moyil sohalarda tadqiqotlar va ijtimoiy soʻrov oʻtkazishni nazarda tutuvchi grant tanlovlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Tanlov gʻolibi tadqiqot natijasiga koʻra korrupsiyaga moyil sohalar yoki vazirlik va idoralar faoliyatini yanada ochiqligini ta’minlash boʻyicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak boʻladi.
V.Davlat dasturining 84-maqsad, 304-bandida Agentlikka Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yoʻnalishida amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.
Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– davlat boshqaruvi organlaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki (komplayens) nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish;
– davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va xavf-xatarlarni minimallashtirish;
– korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash va baholash;
– davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish;
– davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilish;
– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yoʻnalishida chora-tadbirlar belgilangan.
Hozirda mazkur chora-tadbirlar Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritilgan.
VI..Davlat dasturining 84-maqsad, 305-bandida, Agentlikka aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish maqsadida, «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya»ni joriy etish va Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish yuzasidan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish vazifa belgilangan.
Agentlik tomonidan “Korrupsiyaga qarshi Virtual Akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
– oʻqishlarni onlayn tarzda masofadan turib maxsus elektron oʻquv platforma orqali amalga oshirilishi;
– har bir tinglovchi kurslarning boshi va oxirida (kirish va yakuniy) onlayn test topshirishi, shuningdek, kurs yakuni boʻyicha ijobiy ball toʻplagan tinglovchilarga sertifikat taqdim etilishi;
– jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini shakllantiruvchi oʻquv metodik qoʻllanmalar yaratilishi;
– darslar tinglovchilarining toifasini hisobga olgan holda bazaviy, maxsus chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan va maxsus soddalashtirilgan shakllarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan joriy yil mart oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
M A ʼ L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim maqsad-vazifalar belgilangan.
Jumladan, Agentlik zimmasiga davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish bilan bogʻliq 2 ta; Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilishga oid 2 ta; Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish boʻyicha 1 ta; Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir 4 ta topshiriq yuklatilgan.
Shunga asosan Agentlik tomonidan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida unda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan:
I. Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish yoʻnalishida:
Barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilashga qaratilgan «Davlat nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha Adliya vazirligida tashkil qilingan ishchi guruh tarkibida ishtirok etilmoqda.
Davlat boshqaruvi organlari huzuridagi inspeksiyalar faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan Agentlikka kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.
Davlat nazoratini tashkil qilish boʻyicha Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Ukraina, Belorussiya xorijiy amaliyoti va tajribalari oʻrganildi.
II. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yoʻnalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish yoʻnalishida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-son Farmoni, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son Qarori talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.
Oʻrganishlar davomida, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun moʻljallangan maʼlumotlar bundan mustasno) rasmiy veb-saytda joylashtirilganligi holatlari monitoring qilindi.
Xususan, 135 ta davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan yarim yillik yoki yillik ish rejalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni joriy yil holati boʻyicha 32 ta idora va vazirlik oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilganligi va qolgan 103 ta davlat organlari va tashkilotlari mazkur maʼlumotni ochiqlamagani aniqlandi.
Shuningdek, Farmonda davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-martga qadar oʻz faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytiga joylashtirib, 10-martga qadar uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi, shuningdek, 1-aprelga qadar matbuot anjumanlarini oʻtkazishi kerakligi belgilangan.
Shu munosabat bilan, Agentlik tomonidan barcha davlat organlari va tashkilotlariga mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha (2022-yil 10-fevral 04-18/491-son) ogohlantiruv xati yuborilgan.
Mazkur band ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, joriy yilning 14-mart kuni holatiga koʻra, oʻz faoliyatiga oid hisobot toʻgʻrisidagi maʼlumotni faqatgina 39 ta idora va vazirlik oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilgan, qolgan 96 ta davlat organlari va tashkilotlari ushbu maʼlumotni umuman ochiqlamagan. Mazkur holat boʻyicha vazirlik va idoralarga 14 ta taqdimnoma kiritildi, bitta holatda aniqlangan xato va kamchiliklar joyida muhokama qilinishi taʼminlandi.
Shuningdek, muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi.
III. Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni taʼminlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish ustuvor yoʻnalishida:
Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Qozogʻiston, Rossiya, Ukraina hamda Gruziya davlatlarining tajribalari oʻrganilib, tahlil qilindi.
Oʻrganish natijalariga asosan Agentlik tomonidan Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi loiyhasi ishlab chiqildi.
Loyihada manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etishga qaratilgan 7 ta banddan iborat chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur chora-tadbirlar rejasini qisqa muddatda masʼul vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritish rejalashtirilgan.
IV. Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yoʻnalishida:
Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida Adliya vazirligi bilan birgalikda “E-Antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi ishlab chiqildi.
V. Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jamoatchilik nazoratini olib borishni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:
Korrupsiyaga moyil sohalar roʻyxatini shakllantirish maqsadida bir qator mezonlar, jumladan, eng koʻp korrupsion jinoyatlar sodir etilgan sohalar, jamoatchilik soʻroviga asosan korrputsiyalashgan soha, korrupsion xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar oʻrganildi.
Oʻrganish natijasida korrupsiyaga moyil 9 ta (sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim, oliy va oʻrta maxsus taʼlim, qurilish, madaniyat, suv xoʻjaligi, uy-joy kommunal, kadastr) soha roʻyxati shakllantirildi.
Davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda bunga keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Unga muvofiq,
- ishga qabul qilish jarayonlarining ochiqligini taʼminlash;
- faoliyat ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash;
- rasmiy veb-saytda ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilishni tizimlashtirish;
- Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish kabi qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.
VI. Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yoʻnalishida:
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv choralarni kuchaytirish boʻyicha Qozogʻiston, Janubiy Koreya, Singapur, Gruziya va Ukraina davlatlarining ilgʻor tajribalari oʻrganildi.
Oʻrganish natijalariga asosan Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi loyihasi ishlab chiqildi. Unda 9 ta yoʻnalish boʻyicha 34 banddan iborat chora-tadbirlar belgilandi.
Chora-tadbirlar rejasini masʼul vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi yigʻilishiga tasdiqlash uchun kiritish rejalashtirilgan.
VII. Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish yoʻnalishida:
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”ni joriy etish orqali sohaga doir huquqiy bilim va ongni yuksaltirish boʻyicha keng qamrovli tizimini joriy qilish boʻyicha Ishchi guruh tashkil etilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, xorijiy davlatlar (Janubiy Koreya, Avstrya, Shveysariya, Polsha, Litva) tajribalari hamda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi, GRECO – elektron taʼlim platformasi, Virtual Transparency School va boshqa taʼlim platformalari oʻrganildi.
Prezident qarorining dastlabki loyihasi ishlab chiqilib, (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq) vazirlik va idoralarga kelishish uchun joʻnatishga tayyorlanmoqda.
Agentlik tomonidan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish choralari davom ettiriladi hamda ularning natijasi boʻyicha Agentlikning rasmiy sahifalari orqali muntazam axborot berib boriladi.
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsad va vazifalar yuzasidan
M A ʼ L U M O T
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan quyidagi maqsad va vazifalar amalga oshirilishi belgilangan:
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqaroga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish maqsadida
2022-yil dekabr oyiga qadar:
▪️barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish;
▪️ davlat boshqaruvi organlari huzuridagi inspeksiyalar faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha Prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish.
Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish maqsadida
2022-yil noyabr oyiga qadar:
▪️ ️muhim ijtimoiy masalalar boʻyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlash.
Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish maqsadida
2022-yil avgust oyiga qadar:
▪️ davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish.
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida
2022-yil aprel oyiga qadar:
▪️ “E-antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish;
Yil davomida:
▪️ Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash va bunga keng jamoatchilikni jalb etish;
▪️ Korrupsiyaning nafaqat oqibatlarini, balki sabablarini oldindan bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
2022-yil may oyiga qadar:
▪️ “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”ni joriy etish orqali sohaga doir huquqiy bilim va ongni yuksaltirish boʻyicha keng qamrovli tizimni joriy qilish.
Agentlik tomonidan Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida unda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.
Davlat dasturi doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijasi boʻyicha Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali axborot berib boriladi.